Santush lavozimidan ozod qilindi

Sport

image

Portugaliyalik mutaxassis Fernandu Santush Polsha terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimidan bo‘shatildi. Murabbiy Yevro-2024 saralashidagi salbiy natijalar uchun terma jamoa postini tark etdi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Polsha terma jamoasi Yevro-2024 saralashining besh turida bor-yo‘g‘i 6 ochko to‘pladi, 3 ta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Jamoa hozirda o‘z guruhida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Polsha terma jamoasiga qadar Fernandu Santush 8 yil davomida Portugaliya terma jamoasini boshqargan. U Portugaliya bilan Yevro-2016 va Millatlar ligasining 2018/2019 yilgi mavsumida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Portugaliya Fernandu Santush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing