“Santos” prezidenti Neymar jamoada qolishini istamoqda
Sport
−
25 fevral 3842 1 daqiqa
“Santos” prezidenti Marselo Teysheyra yaqinda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan jamoaga qaytgan Neymar kamida 2026 yilgi Jahon chempionatigacha jamoada qolishiga ishonch bildirdi.
“Neymar kelishi bilan muxlislarimiz ko‘paydi. Bugun biz texnik va moliyaviy jihat bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsani baholashimiz mumkin. Neymar bilan barcha moliyaviy maqsadlarga erishiladi. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, bu hamkorlik davom etadi va kelgusi yilgi Jahon chempionatigacha hamkorligimiz davom etadi”, deydi Teysheyra.
Qayd etish joiz, Neymar joriy mavsum yakunlanganidan keyin Braziliyada qolish-qolmasligi haqida hali bir qarorga kelmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar Paulista chempionatida burchakdan gol urgandi.
Live
Barchasi