Sanoat tarmoqlarida qo‘shib yozishni yo‘q qilolmayapmiz – Prezident “pripiska” haqida

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Birinchi chorakda yalpi ichki mahsulot 3 foizga, sanoat 3,8 foizga, qishloq xo‘jaligi 3,1 foizga o‘sgani ma’lum qilindi. 

“Bugun har bir tarmoq rahbari biror muammo bo‘lsa aytishi kerak. Har masalaning yechimini topish shart. Ura-ura qiladigan rahbarlar kerak emas. Murakkab pandemiya davrida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash kerak. Vazirliklar, hokimliklar, tarmoqlarda vertikal tizim ishlamayapti. Tashabbuskorlik yetishmayapti. Shuncha vazir o‘rinbosarlari nima ish bilan shug‘ullanyapti? Vazirlarning o‘rinbosarlari ham qonun doirasida mas’uliyat va javobgarlikni o‘ziga olishi kerak. Agar  har kim o‘z vazifasini bajarsa, korrupsiyani yo‘q qilsak, joylarda vazirning vertikal tizimi ishlasa, natija bo‘ladi”, deydi Prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev sanoat tarmoqlarida o‘sish ko‘rsatkichlarini qo‘shib yozish holatlari kuzatilayotgani haqida gapirgan. 

“Biz paxtada “pripiska”ni yo‘q qildik, lekin sanoat tarmoqlarida qo‘shib yozishni yo‘q qilolmayapmiz. Bu nima degan gap? Hokimlar tanish-bilish qilib, sherik bo‘lib, asl holatni berkitishyaptimi? Prognozni bajarolmasa, nega rahbar bo‘lib o‘tirishi kerak?” deya tanqid qildi davlat rahbari. 

Prezident mutasaddilarga birinchi chorakda “O‘zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, “O‘zbekneftgaz” – 4,7 foizga, charm mahsulotlari  – 10 foizga pasaygani so‘nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshsa-da, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 22 foizga kamayishini qanday izohlash mumkin deya mutasaddilarga savol berdi Prezident. 

Davlat rahbari vazirlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari, tarmoq va bank rahbarlariga may-iyun oylarida birinchi navbatda asosiy energoresurslar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish lozimligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing