Sanksiyalardan xavotirga tushgan Lukashenko Putinning huzuriga boradi 

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ertaga, 11 mart kuni Moskvaga tashrif buyuradi va u yerda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Lukashenkoning matbuot xizmati xabar bergan.  

“Mamlakatlar rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, ittifoq hamkorligini rivojlantirish, sanksiyalar bosimi ostidagi iqtisodiy hamkorlikni muhokama qiladi. Shuningdek, kun tartibida mintaqa va Ukrainadagi vaziyat ham bor”, deyiladi xabarda. 

Kreml ham ushbu uchrashuvni tasdiqlagan. 

“2022 yil 11 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Moskvada Rossiyaga amaliy tashrif bilan keladigan Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazadi”, deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida. 

Ma’lumot o‘rnida, Lukashenko va Putin so‘nggi marta joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Moskvada uchrashgan. 18 fevral kuni ular Kremlda muzokaralar o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

485

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing