Sankt-Peterburgga dron hujumi uyushtirildi – OAV 

Olam

image

Kecha, 1 mart kuni kechqurun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri osmonida kuchli portlash ovozi yangragan. Bu haqda mahalliy aholiga tayanib, “Gazeta” nashri xabar berdi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, hodisa Piskaryovskiy prospekti hududida yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, portlashdan biroz oldin ular motor ovozini eshitgan. Bir necha daqiqadan so‘ng odamlar osmonda yorqin chaqnashni ko‘rgan.

“Shot” Telegram kanalining yozishicha, osmonda dron portlagan bo‘lishi mumkin. Kanal manbasiga ko‘ra, Piskaryovskiy prospektidagi uylardan biriga uchuvchisiz samolyotning bo‘laklari tushgan. Ammo bu hanuz tasdiqlanmagan.

“112” Telegram kanalining qo‘shimcha qilishicha, hozircha qurbonlarga oid hech narsa ma’lum emas. Biroq ikkita turarjoy binosida oynalar va balkonlarning shikastlangani aniq.

Shahar ma’muriyati hozircha hech qanday izoh bermadi, Rossiya Mudofaa vazirligi ham dron hujumi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yanvarga o‘tar kechasi urush boshlanganidan beri birinchi marta Rossiyaning Leningrad viloyatiga dron uchirilgandi. O‘shanda mahalliy nashrlar qanotlarining uzunligi olti metrgacha bo‘lgan samolyot tipidagi dron Sankt-Peterburgdagi neft terminalini nishonga olganini yozgandi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sankt-Peterburg dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing