Sankt-Peterburgga borgan MDH yetakchilarining nima yeb-ichgani e’lon qilindi
Olam
−
27 dekabr 2023
30457Kecha, 26 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushrashuvdan so‘ng yetakchilar uchun dasturxon yozildi. Internetda sammit ishtirokchilariga taqdim etilgan taomlar menyusi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, MDH rahbarlari seld balig‘idan tayyorlangan shuba salati va qisqichbaqa qo‘shilgan chuchvara bilan siylangan. Bundan tashqari, menyudan chakanda (oblepixa) sharbati, sabzavot va ikra sousi bilan pishirilgan sterlet balig‘i, kashtan pyuresi va qora smorodina bilan tortilgan kiyik go‘shti, ryajenkali muzqaymoq va olmali rulet o‘rin olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tushlik Konstantin saroyining Moviy zalida bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi. Vladimir Putin mezbonligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari qatnashdi.
LiveBarchasi