Sankt-Peterburgdan charter reys bilan kelgan 38 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 23 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 taga ortib, 3078  nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda bugun, 23 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan. Jumladan, 38 nafar Sankt-Peterburgdan charter reys bilan, 2 nafar  Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda hamda 2 nafar Qozog‘iston orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infeksiya qayd etildi.

Ayni paytda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatda 573 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing