Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Olam

image

Sankt-Peterburg shahri Primore tumanida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirli Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga asoslanib xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 yanvar kuni Primore tumanida o‘zbekistonlik R.X. jasadi topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u qurilayotgan ob’ektning 16-qavatidan tushib ketgan. 

Ayni paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.  

Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi hamda O‘zbekiston fuqarosining jasadini vatanga yuborishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.  

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing