Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik kaltaklanib, tunab ketildi
Olam
−
22 iyul 2019
3184Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi kaltaklanib, tunab ketildi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea joriy yilning 18 iyul kuni Frunze tumanida yuz bergan. noma’lum shaxslar o‘zbekistonlik M.K.ni kaltaklab, pul va qimmatbaho buyumlarini olib ketishgan.
Mazkur jinoyatni sodir qilishda gumon qilinayotgan 3 nafar Rossiya fuqarosi qo‘lga olingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.
LiveBarchasi