Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘ladi

Olam

image

Joriy yilning dekabr oyi oxirida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berdi.

“Boshqa aloqalar ham bo‘ladi. Biroq eng muhim voqea – MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi”,  deydi Prezident yordamchisi.

Ushakov do‘stona sammit “belgilangan an’anaga ko‘ra” o‘tkazilishini ta’kidlagan.

Oktyabr oyi o‘rtalarida Prezident Vladimir Putin mavqedoshlarini Rossiyaning shimoliy poytaxtiga norasmiy ushrashuvga taklif qilib, sammitni yil oxirida o‘tkazish taklifini bildirgan edi. 

MDH sammiti birinchi marta norasmiy sharoitda o‘tkazilayotgani yo‘q. Ostonadagi rasmiy sammit oldidan norasmiy uchrashuv oktyabr oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing