Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik qurolli hujumga uchradi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi istirohat bog‘laridan birida 4 nafar o‘smir O‘zbekiston fuqarosiga o‘q otar qurol bilan hujum.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea joriy yilning 7 fevral kuni yuz bergan. Kaltaklangan o‘zbekistonlikka 26-son shahar shifoxonasida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ruxsat berilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan, ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotganlar qo‘lga olingan. Tergov tadbirlari davom etmoqda.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +7-965-029-41-49.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg o'zbekistonlik

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing