Sankt-Peterburg metrosidagi terakt gumonlanuvchilari aybni tan olmadi

Olam

5002841

Bugun, 2 aprel kuni Moskva okrugi harbiy sudida Sankt-Peterburg metrosidagi portlash ishi ko‘rib chiqildi. Sud yig‘ilishida portlashda ayblanayotgan 11 nafar gumonlanuvchi o‘z aybini tan olmadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Ayblovga qat’iyan qarshimiz”, degan sudlanuvchilar yakdillik bilan.

Sud qarshisiga teraktni uyushtirishda gumonlanayotgan Abror Azimov va jinoyatning taxminiy sheriklari Sayfullo Hakimov, Dilmurod Muidinov, Sodiq Ortiqov, Azamjon Mahmudov, Mahamadyusuf Mirzaolimov, Bahrom Ergashev, Ibrohim Ermatov, Shoxista Karimova, Akram Azizov va Muhamadyusuf Ermatov chiqarilgan.

Ularning bariga terrorchilik birlashmasiga a’zolik, 2017 yil 3 apreldagi teraktni uyushtirish, terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish, noqonuniy bomba tayyorlash va saqlash kabi ayblovlar qo‘yilyapti.

Tergovga ko‘ra, terrorchi-hudkush Akbarjon Jalilov 2017 yilning3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosiga ikkita portlovchi moslama olib kirgan. Bitta bombani “Pload Vosstaniya” bekatining platformasida qoldirgan, biroq u vaqtida topib, zararsizlantirilgan. Jalilov ikkinchi bombani “Sennaya pload” va “Texnologicheskiy institut” beaktalari oralig‘ida vagon ichida portlatgan. Natijada 15 kishi halok bo‘lgan, 67 kishi jabrlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg portlash

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made