Sharof Rashidovning qizi va Muhammad Yusufning rafiqasi orden bilan taqdirlandi
Jamiyat
−
08 mart 2019
15655O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan, Respublikada olib borilayotgan tub islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida qishloq xo‘jaligi, sanoat, tadbirkorlik, fan-texnika, innovatsiya, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda alohida tashabbus ko‘rsatib, samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon qabul qildi.
Unga ko‘ra bir qator faol xotin-qizlar qatori, Sayyora Rashidova va Nazira as Salomlar “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandilar.
Sayyora Rashidova 1981 yildan buyon O‘zbekiston Fanlar akademiyasi polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Olima o‘z vaqtida 25 yil davomida O‘zbekistonga rahbarlik qilgan davlat arbobi Sharof Rashidovning to‘ng‘ich farzandi hisoblanadi.
Marhum shoir Muhammad Yusufning rafiqfsi bo‘lgan Nazira as Salom Toshkent shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi rahbari hisoblanadi. Shuningdek shoira, adabiyotshunos olim, tarjimon G‘aybulla as Salomning qizidir.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr