Jizzaxda gazchilar pora bilan ushlandi 

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan gazchilar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sharof Rashidov tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi gazchilari J.A. va G‘.X. o‘zaro til biriktirib, fuqaro D.I.ni aldab, go‘yoki xonadonidagi tabiiy gaz hisoblagichini buzilganligini aytgan. Evaziga 10 mln so‘m bersa, ushbu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmasliklarini aytib, muqaddam 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Tadbir davomida ular tomonidan 5 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimi pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Sharof Rashidov Jizzax gazchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing