San’atkorlarning Sardobaga xayriyasi “Turkiston”da to‘plandi
Madaniyat-san’at
−
05 may 2020
9064O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov va hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi boshchiligida san’atkorlar Sardoba fojiasida jabr ko‘rgan oilalarga yordam aksiyasini boshlagani haqida xabar bergan edik. Bir necha kundirki barcha san’atkorlar va ko‘ngillilar "Turkiston" san’at saroyiga jam bo‘lishgan.
Bugun, 5 may kuni san’atkorlar aksiyasi doirasida to‘plangan yordam yuki Sirdaryo tomon jo‘nab ketdi.
Aksiya doirasida ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar va boshqa turdagi mahsulotlar “Turkiston” san’at saroyida to‘plandi. Shuningdek, pul ko‘rinishidagi yordamlar shu maqsadda ochilgan alohida hisob raqamiga yig‘ildi. Yordam berish istagida bo‘lganlar uchun esa maxsus raqam e’lon qilinib, shu raqam orqali ma’lumiotlar berib borildi.
Do‘st og‘ir kunda bilinadi deyishadi, xalqimiz birligi birdamligini koronavirus sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, Sardoba voqeasi uni davomi bo‘ldi. Shunday og‘ir damda bir birimizga ko‘makchi bo‘layotganimiz kishini quvontiradi. Agar barchamiz birga kurashsak hamma sinovlarini yengib o‘tamiz.
Hozir erta uchun qo‘lni qo‘lga berib, bir bo‘lmoq vaqti. Siz, men emas, biz bo‘lmoq vaqti. O‘zimizda borini boshqalar bilan baham ko‘rish vaqti. Hozir 34 million bir tanu jonmiz deyish vaqti.
LiveBarchasi