Xatlonda taniqli san’atkorlar paxta teryapti

Olam

image

Tojikistonlik taniqli xonandalar mamlakat janubida paxta terimida qatnashyapti. Bu haqda Axbor xabar bermoqda.

Xatlon viloyati ma’muriyatining vakili Nosirjon Ma’murzodaning aytishicha, kecha, 20 oktyabr kuni taniqli san’atkorlar, jumladan Tojikiston xalq artisti Muhammadali Ayubi, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saidali Sabzov, Otaxon Saidov va Oyimgul Davlatova Vaxsh viloyatidagi Kulob fermer xo‘jaligi paxtakorlariga yordamga kelgan.

Muhammadali Ayubi paxtakorlar haqida qo‘shiq kuylaydi. Bungacha, ijtimoiy tarmoqlarda Sug‘d va Xatlon viloyatlari rahbarlari, Xo‘jand shahri hokimi, Tojikistonning boshqa yuqori martabali amaldorlarining xotin-qizlar qo‘mitasi rahbarlarining paxta terimidagi fotosuratlari e’lon qilingan edi. 

Amaldorlar hatto qancha paxta tergani haqida xabar bergan. 

Tojikistonlik san’atkorlarning paxta terimida ishtirok etgani to‘g‘risidagi so‘nggi materiallar sharhida jurnalist Irshod Sulaymoniy buni sotsializm davriga qaytish deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston paxta terimiga san'atkorlar

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing