San’at Shixov “butsalarini mixga ildi”
Sport
−
12 fevral
4107O‘zbekistonlik taniqli futbolchi San’at Shixov futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Chiroyli yo‘lning, chiroyli yakuni. Hammaga rahmat”, deb yozdi Shixov o‘z sahifasida.
34 yoshli futbolchining oxirgi jamoasi Farg‘onaning “Qo‘qon-1912” klubi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Shixov faoliyati davomida O‘zbekistonning bir qator klublarida to‘p tepgan. O‘zbekiston chempionatida umumiy 187 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi