Samsung raisi 78 yoshida vafot etdi
Olam
−
25 Oktabr 2020
6722Samsung raisi Li Gon Xi bugun, 25 oktyabr kuni Seuldagi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Li Gon Xi 2014 yilda yurak xurujidan so‘ng og‘ir kasallikka yo‘liqqan. U 78 yoshda edi.
Li Gon Xi 1987 yilda Samsung Group raisi bo‘ldi. U 2016 yilda Forbes jurnali tomonidan Janubiy Koreyaning eng boy odami deb topildi. Nashrning taxminlariga ko‘ra, 2020 yilning oktyabr holatiga ko‘ra, uning boyligi 20,9 milliard dollarni tashkil etdi.