Samolyotni ortga qaytaring, Putinga ishonish xavfli – Rossiyaning AQSHga yordami baholandi

Olam

image

Tibbiy niqob va dori-darmonlar yuklari ortilgan Rossiya samolyotining AQSHga kelishi amerikaliklarning jonli reaksiyasiga sabab bo‘ldi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining salbiy fikrlarini qoldirdi.

AQSH Prezidentining Iroq va Suriyadagi Antiterror koalitsiyasi sobiq maxsus vakili Brett MakGark Twitter’dagi o‘z sahifasida ushbu voqeaga izoh berdi:

“Bu yerda qaraydigan hech narsa yo‘q. Shunchaki 60 tonna tibbiy materiallar ortilgan rus harbiy samolyoti amerikaliklarni COVID19’ga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun Kennedi aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu Amerika hukumati global inqiroz fonida yetakchilikni qo‘ldan boy berishidan dalolatdir”.

Uning fikrini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati qo‘llab-quvvatladi.

“Samolyotni ortga qaytaring. Biz Putinga ishonmasligimiz kerak!, deb yozgan Rik Ferris ismli foydalanuvchi.

“Afsuski, Rossiya hukumati ana shunday yordamni o‘z fuqarolariga ko‘rsatmayapti. Buning o‘rniga oylab haqiqatni yashirib kelishdi”, deb yozadi Olga Lautman.

“Nimaning evaziga? Tramp Putin bilan nimani kelishib oldi?, deya izoh qoldirgan anonim foydalanuvchi.

“Bu sanksiyalarni olib tashlash uchun Trampga tashlangan tuzoqqa o‘xshaydi. Rossiya Qrimdan chiqib ketishi va Ukrainadagi urushni to‘xtatishi lozim”, deb yozgan True North foydalanuvchisi.

“Amerikaning banchalik tushkunlikka tushinini o‘ylamagandim”, degan Stiven Stross

“Bu judayam kamsitilish. Bu ishi uchun Trampni hech qachon kechirmaymiz”, deb hissiyotlarini ifoda etgan Kristina Galea.

“Yer yuzidagi eng boy mamlakat jahondagi hech bir davlatdan muttaham bo‘lmasligi kerak. Tramp va uning ma’muriyati uyalsa bo‘lardi”, deya ta’kidlagan Sesiliya Valverde.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

1953

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing