Samoda “raqsga tushuvchi” yulduz aniqlandi

Olam

image

Janubiy Yevropa Rasadxonasi olimlar guruhi dunyodagi eng kuchli teleskoplardan biri yordamida “raqsga tushuvchi“ yulduzni aniqladi. Ushbu yulduz qora tuynuklar yonida bo‘lishi mumkinligini 100 yil oldin Albert Eynshteyn bashorat qilgan edi.

“Eynshteyn tomonidan 1915 yilda bildirilgan nazariyada bir jism boshqasi atrofida doimiy orbitaga ega bo‘lishi shart emasligi ta’kidlangandi. Astronomlar tomonidan Somon yo‘lining markazida kashf etilgan yulduz, Eynshteyn aytganidek klassik ellips emas, balki gulga o‘xshash orbita asosida qora tuynuk atrofida aylanadi“, deyiladi rasadxonaning bayonotida.

Bu g‘ayrioddiy orbitaga ega bo‘lgan yulduz Sagittarius ​A deb nomlanuvchi jism atrofida aylanayotgani aniqlangan. Katta ehtimol bilan ushbu jism qora tuynuk hisoblanadi.

“Sagittarius ​A haddan tashqari ulkan qora tuynuk bo‘lishi ehtimoli yuqori. Uning massasi Quyoshning massasidan 4 million baravar kattadir“, deydi Maks Plank nomidagi Germaniya samo fizikasi instituti direktori Raynxard Genzel.

Bayonotda shuningdek, Sagittarius ​A ob’ekti Quyoshdan 26 ming yorug‘lik yili uzoqlikda joylashganligi aytilgan. Uning atrofidagi zich joylashgan yulduzlar to‘plami olimlar uchun ekstremal tortishish fizik hodisalarini o‘rganish uchun noyob laboratoriya vazifasini o‘tashi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koinot Yulduz Qora tuynuk

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing