Fazo: Qora tuynuk yulduzni parchalab yubordi

Olam

image

Galaktikaning markazida Qora tuynuk yulduzni parchalab tashladi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining kosmik tadqiqotlar institutiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda. 

Rossiya kosmik astrofizik observatoriyasi  “Spektr-RG” galaktika markazida supermassiv Qora tuynuk tomonidan yulduz vayron bo‘lishining boshlanishini qayd etgan. 

"Spektr-RG" quyoshdan ikki yarim milliard yorug‘lik-yil masofada galaktika markazida supermassiv Qora tuynuk yulduzga yaqinlashib kelishidan boshlab qayd etgan”, deyiladi institut xabarida. 

Ta’kidlanishicha, parchalangan yulduz moddalari akkretsion disk hosil qilmoqda va sekin-asta Qora tuynukka singib ketmoqda. 

Institutning ma’lum qilishicha, aynan ushbu akkretsion diskdan chiqqan yorug‘lik oldinroq o‘zini yorqin va yumshoq rentgen SRGe J131014.2+444315 manbasi sifatida namoyish qilgan. Ushbu holat observatoriyaning "Spektr-RG" bortida eROSITA teleskopi bilan uchinchi marotaba tekshirilganda aniqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, "Spektr-RG"  2019 yilda kosmosga uchirib yuborilgan. Shu yilning oktyabr oyida qurilma yerdan bir yarim million kilometr uzoqlikdagi masofaga yetib borgan. Observatoriya esa osmonni 3 marotaba to‘liq skaner qilishga muvaffaq bo‘lgan. 

Lavochkin ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida qurilgan observatoriya ikkita teleskopni o‘z ichiga oladi: Maks Plank nomidagi Begona yer fizika institutining (Germaniya) eROSITA va  Rossiya Fanlar akademiyasining kosmik tadqiqotlar instituti va Serovdagi eksperimentalfizika Butunrossiya tadqiqotlar instituti, shuningdek, Xantsvilledagi ( Alabama shtati) Marshal nomidagi Kosmik parvozlar markazi tomonidan yaratilgan ART-XC.

Qayd etilishicha, "Spektr-RG" ning maqsadi butun osmonni yuqori aniqlikda suratga olish orqali to‘rt yil ichida koinot xaritasini tuzish. Jami 8 ta xarita, har biri olti oy davomida bitkaziladi. Eng so‘ngida esa sakkizta xaritadan eng anig‘i 2025 yillar atrofida yakunlanadi va e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qora tuynuk Fazo

Baholaganlar

489

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing