Sambo murabbiyi 7 yoshli o‘quvchisini o‘ldirib qo‘ydi (video)

Olam

image

Ozarbayjonda sambo bo‘yicha murabbiy Mehman Xalilov mashg‘ulotlar paytida yetti yoshli o‘quvchining bo‘ynini sindirib qo‘ydi. U bolani shug‘ullantirish jarayonida qattiqqo‘llikni oshirib yuborgan. Bu haqda "Qafqazinfo" nashri xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, murabbiy bolakayga nisbatan xavfli usul ishlatib, uning bo‘ynini sindirgan. Voyaga yetmagan bola zudlik bilan bolalar shifoxonasiga yetkazilgan, biroq ko‘p vaqt o‘tmasdan olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur ish bo‘yicha sambo murabbiyi Mehman Xalilov gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan Sumgayit shahar prokuraturasi tomonidan “ehtiyotsizlik oqibatida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarga ko‘ra, murabbiy 28 yoshda bo‘lib, Yevropa chempionatining ikki karra bronza medali sohibi hisoblanadi (2018, 2023). U 2019 yilgi Yevropa o‘yinlari turnirida ham bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Qorachoy-Cherkas respublikasi hududida 10 yoshli qiz 15 yoshli qo‘shnisi tomonidan o‘ldirilgan edi. Shuningdek, Qozog‘istonning Jetisu viloyatida sakkiz yoshli bola polietilen paketidan parashyut sifatida foydalanib, beshinchi qavat derazasidan sakragani haqida xabar berilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon sambo sambo murabbiyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing