Yangi shubha – Tramp Alyaskadan voz kechishi mumkin

Olam

image

Prezident Donald Trampning impichmenti bo‘yicha AQSH Vakillar palatasining bosh prokurori, demokrat Adam Shiff Amerika lideri saylovlarga yordam evaziga Alyaskani Rossiyaga topshirishi mumkinligidan shubha qilmoqda. Bu haqda Breitbart xabar bergan.

Shiffning so‘zlariga ko‘ra, agar Tramp aybdor emas deb topilsa, bu davlat rahbarini mumkin bo‘lmagan harakatlarga undaydi. “Ruslar kelgusi saylov paytida uni qo‘llab-quvvatlashi evaziga Tramp Rossiyaga Alyaskani taklif qilishi mumkin”, dedi Vakillar palatasi a’zosi. "Yoki u [xususiy yashash joyi] Mar-a-Lagoga ko‘chib o‘tishi va [kuyovi] Jared Kushnerga mamlakat boshqaruvini topshirishi mumkin”, deb taxmin qilmoqda demokrat.

Senatdagi impichment bo‘yicha yakuniy ovoz berish 5 fevral kuni soat 16: 00da (Toshkent vaqti bilan 6 fevral yarim tunda) boshlanadi.

1 fevral kuni xabar qilinishicha, Senat impichment ishida guvohlarni chaqirishga qarshi ovoz bergan. 49 senator guvohlarning ishtirokini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 51 kishi qarshi chiqqan. Yangi guvohlarni chaqirish tashabbusi demokratlar tomonidan ilgari surilgan edi. Bungacha ular AQSH Kongressining quyi palatasini nazorat qilib, prezidentni lavozimidan chetlatishga ovoz berishdi. Yakuniy qaror yuqori palatada - respublikachilar ko‘pchilik bo‘lgan Senatda bo‘lib o‘tadi.

Alyaskani sotish to‘g‘risidagi qaror 1866 yil 16 dekabrda imperator Aleksandr II tomonidan qabul qilingan. 1,5 million kvadrat kilometrdan ortiq maydon 7,2 million oltin dollarga sotilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

279

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing