DXX chegaraga uyushtirilgan hujumni o‘rganmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 6 noyabr kuni soat 3:23 da 20 kishilik yuziga niqob taqqan qurolli guruh Tojikistonning “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismiga qarashli 4-“Ishkobod” chegara punktiga qurolli hujum uyushtirgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari  qo‘shni Tojikistondagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan qurolli guruhning hujumi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda. Bu haqda RIA Novosti DXX Chegara qo‘shinlari xodimiga asoslanib xabar bermoqda.

“Hodisa haqida ma’lumotga egamiz, hozirda vaziyatni o‘rganmoqdamiz”, degan DXX Chegara qo‘shinlari vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tojikistonlik hamkasblari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Hujum vaqtida ular 5 ta o‘qotar qurolni qo‘lga kiritgan. Kuch ishlatar tuzilmalarning operatsiyasi natijasida qurollangan shaxslarning 15 nafari yo‘q qilingan, 5 nafari qo‘lga olingan.

Qurolli to‘qnashuvda bir askar va Tojikiston IIVning bir xodimi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

DXX O'zbekiston-Tojikiston Chegara qo'shinlari

Baholaganlar

401

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing