Samarqandning “Dinamo” klubi sobiq futbolchisi 34 yoshda vafot etdi

Sport

image

Samarqandning “Dinamo” klubi hamda “Andijon”, “Surxon” klublari sobiq futbolchisi Sayriddin G‘afforov og‘ir kasallik oqibatida joriy yilning 25 avgust kuni 34 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Dinamo” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

U futbolchilik faoliyati davomida jarohat olib, davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalingan. Sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsada, futbolchi Tojikiston va O‘zbekistonning turli klublarida o‘ynashda davom etadi. Sayriddin Tojikistonda ikki marta jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Uchinchi amaliyot Toshkentda o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, taxminan bir yil oldin futbolchi ikki qo‘lida, keyin oyoqlarida vazn va kuch yo‘qotishni boshlagan. Keyinchalik u gapirish qobiliyatini ham yo‘qotdi. Shifokorlar unda lateral amiotrofik skleroz borligini aniqlagan.

Ma’lumot uchun, Sayriddin G‘afforov 1990 yilning 29 avgustida Surxondaryo viloyatinig Sariosiyo tumanida tavallud topgan. Dastlab “Sho‘rchi” jamoasida to‘p surishni boshlagan. So‘ngra 2008 va 2010 yillar mobaynida “Sho‘rtan” sharafini himoya qildi. Shuningdek, Samarqandning “Dinamo”sida ham faoliyat ko‘rsatdi. Futbolchi 2015 yilda “Andijon” safida ham to‘p surgan. Keyinchalik “Norin” hamda “Surxon”da ham o‘ynagan. Shu bilan birga Tojikiston klublarida ham to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliya terma jamoasining sobiq murabbiyi va ko‘plab klublardagi faoliyati bilan mashhur bo‘lgan shvetsiyalik Sven-Yoran Eriksson 76 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand “Dinamo Sayriddin G'afforov lateral amiotrofik skleroz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing