Samarqandning bir qator tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Pastdarg‘om, Oqdaryo, Jomboy va Payariq tumanlarining davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha,

Shu paytgacha Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Ahmedov Asatulla Berdaliyevich Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan Hamroyev G‘olibjon Egamqulovich endi ushbu tuman davlat soliq inspeksiyasiga rahbarlik qiladi.

Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Burxanov G‘ayrat Bahodirovich esa Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasiga boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasiga shu paytgacha mazkur tumanda inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Turopov Sherzod Aribovich boshliq bo‘ldi.

Shuningdek, Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasiga ham yangi rahbar tayinlandi. Bu vazifada shu paytgacha Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasida faoliyat olib borgan Nazarov Muhiddin Nazarovich ish boshladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand viloyati

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing