Samarqandliklarni haqoratlagan “Nasaf” rasmiysi ishdan haydaldi
Sport
−
07 iyul 9697 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Superligasi doirasida bo‘lib o‘tgan Samarqandning “Dinamo” va Qarshining “Nasaf” klubi o‘yinidan so‘ng qarshiliklar matbuot xizmati xodimi Sarvar Bobonazarov samarqandliklarni haqoratlagani xabar qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan “Nasaf” klubi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda mehnat ta’tilida bo‘lgan matbuot xizmati xodimi Sarvar Bobonazarov mazkur uchrashuvda na bevosita, na bilvosita ishtirok etmagan va xizmat vazifasini bajarmagan. Biroq u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida kechagi uchrashuv yuzasidan “Andijon” hamda “Dinamo” jamoalari muxlislari sha’niga nisbatan nomaqbul gaplarni ishlatgan.
Bildirilishicha, mazkur shaxsiy fikrlar “Nasaf” futbol klubi pozitsiyasini aks ettirmaydi va klub har qanday ko‘rinishdagi haqorat va kamsitishlarni qoralaydi. Ushbu holat yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan va klub odob-ahloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani sababli Sarvar Bobonazarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
“Nasaf” futbol klubi har doim barcha o‘zbek klublariga, shu jumladan Samarqand va Andijon jamoalari vakillari va muxlislariga nisbatan chuqur hurmat va do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan hamda bu tamoyilga qat’iy amal qilishda davom etadi.Yuzaga kelgan noqulay vaziyat uchun jamoatchilikdan uzr so‘raymiz”, deyiladi munosabatda.
Live
Barchasi