Samarqandlik tadbirkor nohaq qamaldimi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida tadbirkor Tolibxon Abdijalilov nohaq ayblanib, qamalgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyat sudlari matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tadbirkor Abdijalilov va boshqalarga oid jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, uni sud muhokamasida ko‘rish 2025 yilning 14 avgust kuniga tayinlangan.

Tergov organining xulosasiga ko‘ra, tadbirkor va boshqalar (jami 3 kishi) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda, jumladan, kredit shartnomasiga asosan 7 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Ayni paytda ularning barchasiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda fuqaro Furqat Halilov tomonidan qurilgan “qo‘ziqorin uy” nomi bilan mashhur bo‘lgan 12 qavatli bino buzilishi boshlangani xabar qilingandi. U o‘z uyining bir qismini buzib, o‘rniga mehmonxona qurilishi uchun hech qanday shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirilmasdan, bino qurilishini amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tadbirkor Tolibxon Abdijalilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing