Samarqanddan Moskvaga uchgan samolyot shoshilinch ravishda orqaga qaytdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 mart kuni Samarqand-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Rossiyaning Utair aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 (RA-73091) samolyoti balandlikka ko‘tarilayotganda chap dvigatelida nosozlik (kuchli silkinish) kuzatilgani sababli Samarqand aeroportiga qaytdi. Bu haqda “Aviatorina” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Utair aviakompaniyasi samolyoti O‘zbekistondan havoga ko‘tarilayotganda dvigatelida ikki marta kuchlanish sodir bo‘lgan. Ekipaj kutish hududini so‘ragan va dvigatelni tekshirishni boshlagan. Ammo ular kuchlanishni oshirishga harakat qilganda, dvigatelda yana bir silkinish paydo bo‘lgan va samolyot komandiri Samarqandga qaytishga qaror qilgan.

Shundan so‘ng, samolyot havoda bir necha marotaba aylanalar hosil qilib uchgan.

“Samolyot zonasida bir nechta aylanmalarni bajargandan so‘ng, uchuvchilar qo‘nish og‘irligidan oshib, xavfsiz qo‘ndi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda mutaxassislar nosozlik sabablarini izlash va bartaraf etish ustida ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Moskvaga uchayotgan HY-611 yo‘lovchi reysi yo‘nalish bo‘yicha zaxira aeroportiga yo‘naltirilgandi. Bunga Vnukovo aeroporti dron hujumi sababli yopilgani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot aviakompaniya Samarqand-Moskva Utair

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing