Toshkentdan Moskvaga uchayotgan samolyot dron hujumi sababli boshqa aerodromga yo‘naltirildi
Jamiyat
−
11 mart 2025 19601 1 daqiqa
Bugun, 11 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Moskvaga uchayotgan HY-611 yo‘lovchi reysi yo‘nalish bo‘yicha zaxira aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda “Toshkent osmoni yangiliklari” Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, HY-611 yo‘lovchi reysi ekipaji zaxira aeroportga – Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga yo‘nalish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bunga Vnukovo aeroporti dron hujumi sababli yopilgani sabab bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, aeroportda “Kovyor” rejimi joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxti va uning atrofiga Ukraina dronlari ommaviy hujum uyushtirgani, oqibatda 1 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Havo hujumidan mudofaa tizimlari 65 ta dronni urib tushirgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust