Samarqanddagi Zarmitan konidan ikki kishining jasadi topildi
3-sahifa
−
02 iyul 2023
13757Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan Zarmitan konidan ikki nafar shaxsning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Shu yilning 28 iyun kuni taxminan soat 03:30 larda Qo‘shrabot tumani Zarmitan konidan ikki nafar shaxsning murdasi topilgan. Ular konga tarkibida oltin bo‘lgan ma’danli toshlarni talon-toroj qilish uchun g‘ayriqonuniy ravishda kirgani, egnida kon ichilarining kiyimi hamda yonlarida 2 qopda jami 94 kg og‘irlikdagi ma’dan toshlar bo‘lgani aniqlangan.
Ularni yuklash punktiga borib qaytayotgan yerosti o‘ziyurar mashina operatori aniqlagan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslarni, operator bosib o‘tgan bo‘lishi mumkin.
Hodisa joyiga tezkor tergov guruhi a’zolari hamda Qizilqum kon texnika inspeksiyasi mutaxassislari chiqqan.
Aniqlanishicha, vafot etgan yigitlar 1999 yil va 2003 yilda tug‘ilgan. Ular Qo‘shrabot tumanining Mayintepa qishlog‘idan bo‘lgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.