Samarqanddagi “zapravka”da yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Kecha, 11 dekabr kuni Samarqand viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 21:00 da Pastdarg‘om tumani Go‘zalkent qo‘rg‘oni Go‘zalkent mahallasida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, ular voqea  joyiga  soat 21:27 da yetib borgan. Holat soat 21:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Shoxobchada suyultirilgan gaz yoqilg‘isini(propan) to‘kib olish jarayonida texnologik jarayonlarni buzilishi oqibatida vintelda gazning lokal yonishi sodir bo‘lgan.

Yonish oqibatida bino-inshootlarga va texnika vositalariga zarar etmagan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 
“Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Qibray tumani “G‘afur G‘ulom” MFY hududi A.Navoiy ko‘chasida joylashgan osh markaziga o‘t ketgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing