Samarqanddagi “zapravka”da mashina gaz balloni portladi

3-sahifa

image

Bugun, 9 iyun kuni Samarqanddagi avtomobilga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Samarqand viloyati FVB xabar qildi.

Portlash taxminan soat 04:35 larda Samarqand shahar M.Bedil  ko‘chasida joylashgan  “Ishon Standart” MCHJ ASGQSHda yuz bergan. Fuqaro M.U. boshqaruvidagi 2002 yilda ishlab chiqarilgan Nexia rusumli avtoulovda o‘rnatilgan siqilgan gaz balonning yorilishi oqibatida portlagan.

Portlash natijasida avtomobil va shoxobchaning gaz taqsimlash ayvonining tunukali shift qismi  zararlangan.

Ushbu hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan va tan jarohati olganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand portlash

Baholaganlar

253

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing