Samarqanddagi yong‘inda 11 yashar bola nobud bo‘ldi
Jamiyat
−
24 avgust 2019
3731Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri Yakkabog‘ mahallasida joylashgan uylarda chiqqan yong‘in oqibatida 11 yashar bola tiriklayin yonib ketdi va nobud bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Voqea kecha, 23 avgust kuni soat 10:41 atrofida sodir bo‘lgan. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri Yakkabog‘ mahallasida joylashgan uylarda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida voqea joyiga 5 ta asosiy va 1 ta yordamchi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 10:47 da yetib borgan vaqtda bir biriga tutash qurilgan Qo‘shchinor ko‘chasidagi 33-uyning tomi, ichki qismi va jihozlari hamda Uchrobot ko‘chasidagi 8-uyning tom qismi va darvozaxonasi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 11:25 da qurshab olingan va soat 13:05 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida Qo‘shchinor ko‘chasidagi 33-uyning tomi, shifti va ichki jihozlari 180 kv metr maydonda yonib, alanga qo‘shni xonadonlarga tarqalishi natijasida Uchrabot ko‘chasidagi 8-uynig tomi, shift qismi va qisman ichki jihozlari 100 kv metr maydonda hamda 6-uyning tom qismi 6 kv metr maydonda yonib zararlangan.
Ayanchlisi, yong‘inni bartaraf etish vaqtida Qo‘shchinor ko‘chasi 48-uyda yashagan 2008 yilda tug‘ilgan M.R.ning (o‘g‘il bola) kuygan holdagi jasadi topilgan.
Hodisaning taxminiy sababi, alanga tarqalgan xonadonda yelim idishlarda saqlanib kelingan yengil alangalanuvchi suyuqliklar (benzin) oldida uyda yolg‘iz qoldirilgan bolalar tomonidan ochiq olovdan foydalanish.
LiveBarchasi