Samarqanddagi universitetda plita qulashi oqibatida talabalar jarohatlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Samarqand Davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali faollar zalidagi beton plita talabalar ustiga qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati QALAMPIR.UZ'ga qo‘shimcha ma’lumot berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 4 sentyabr, 2023/2024 o‘quv yilining ilk kunida filialning faollar zali (sobiq litsey binosi) shiftidagi beton plita noma’lum sabablarga ko‘ra, joyidan siljib qulab tushgan.

Aynan plita tushgan joyda talabalar bo‘lmaganligi sababli hech kimga jiddiy shikast yetmagan. Faqat zalning birinchi qatorida o‘tirgan ikki nafar 1- bosqich talabalari yengil jarohat olib, hozirda shahar tibbiyot birlashmasiga olib ketilgan.

Mas’ullarning fikricha, “ularning ahvoli yaxshi”.

Shuningdek, QALAMPIR.UZ mabasining xabar berishicha, baxtsiz hodisa yuz berganidan so‘ng universitet rahbariyati barcha talabalarga javob berib yuborgan, biroq darslar qachondan boshlanishi aytilmagan.

Ayni damda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Samarqand Kattaqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing