Samarqanddagi to‘yda yo‘qolib qolgan bolaning jasadi quduqdan topildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyatining Urgut tumanida to‘y kuni yo‘qolib qolgan bolaning jasadi quduqdan topildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni Urgut tumani prokuraturasiga “Xo‘jayduq” MFYda yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U 25 sentyabr kuni soat 16:00 larda Urgut tumanining “Etakbeshkapa” MFYdagi to‘yxonaga 2018 yilda tug‘ilgan nabirasi bilan borganini va birozdan so‘ng bola yo‘qolib qolganini aytib, uni topishda yordam so‘ragan.

Arizaga asosan boshlangan qidiruv davomida bolaning jasadi to‘yxona yaqinidagi chuqurligi 8 metr bo‘lgan quduqdan topilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv tadbirlari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

1518

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing