Samarqanddagi shaharlardan biri karantinga yopildi

Jamiyat

image

Past Darg‘om tumani aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining tuman hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish maqsadida tuman hokimi Sh.Xudoyberdiyevning farmoyishi bilan bugun, 21 may kuni soat 19:00 dan boshlab Juma shahriga boshqa hududlardan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning kirishi va harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan:

•    4R-46a avtomobil yo‘lining 1-kilometri, Juma shahriga kirish yo‘li;

•    Juma shahar Havuzak mahallasi Kamalak ko‘chasi yo‘li; 

•    4K-547 avtomobil yo‘lining Juma shahar Sh.Rashidov mahallasi M.Sharapov va Bo‘ston ko‘chalariga kirish yo‘li;

•    Samarqand–Juma-Kattaqo‘rg‘on 4R-46 avtomobil yo‘lining 24-kilometri, Juma shahriga kirish yo‘li;

•    Samarqand–Juma-Kattaqo‘rg‘on 4R-46 avtomobil yo‘lining 25-kilometri, Juma shahar Buyuk Turon ko‘chasiga kirish yo‘li yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati “qizil” toifaga kiritilgan. Xususan, viloyatih markazi Samarqand shahrida ham karantin choralari ham kuchaytirilgan holda saqlab qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

587

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing