Samarqanddagi mashina ustaxonasida Lacetti va Foton yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
12:16 1520 1 daqiqa
Kecha, 19 avgust kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida Lacetti va Foton rusumli avtomobillar yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 17:49 da Pastdarg‘om tumani “Oq Oltin” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand – Kattaqo‘rg‘on” avtomobil yo‘li yoqasidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida Lacetti va Foton rusumli avtomobillarda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni qisqa fursatda to‘liq bartaraf etgani qayd etilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida avtomashina yuvish shoxobchasi va u yerdagi Cobalt yonib ketgandi.
Live
Barchasi