Samarqanddagi xonadonda 2,2 mlrd so‘mlik “svet” o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “mayning ferma” fosh etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro N.S. ga qarashli xonadonda 5 ta mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.

Elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur qonunbuzilish holati natijasida 2 milliard 295 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing