Samarqanddagi dahshatli YTHda 1 kishi vafot etgan
3-sahifa
−
25 aprel
7810Avvalroq, Samarqand shahrida 1997 yilda tug‘ilgan erkak Lacetti bilan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bir guruh odamlarni urib ketgani xabar qilingan edi. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hodisa oqibatida 3 nafar farzandning onasi bo‘lgan 33 yoshli ayol vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Eldor Muhammadiyev bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, joriy yilning 11 aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga hodisadan jabrlangan 5 kishi olib borilgan. Ularning orasidan 1 nafar ayol markazga olib borilganida vafot etgan bo‘lgan. Qolgan 4 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uyiga ketishga ruxsat berilgan. Hozirda markazda hodisa ortidan jarohatlanib, davolanayotganlar yo‘q.
Ma’lumot uchun, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 35-sonli maktab oldidagi stadionda futbol jamoasi yutqazib qo‘yganidan jahli chiqqani sababli mashinasini odamlar ustiga haydagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi