Samarqanddagi bog‘chada “zavxoz” tarbiyachiga pichoq bilan tahdid qildi (video)
3-sahifa
−
07 may 7849 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 39-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xo‘jalik mudiri xodimlarga pichoq bilan tahdid qilgani aytilgan video tarqladi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu videodagi holat 2024 yil sentyabr oyida sodir bo‘lgan. Xo‘jalik mudiri hamda tarbiyachi o‘rtasida o‘zaro tortushuv oqibatida janjal kelib chiqqan. Voqea oqibatida jarohat olgan va jabrlanganlar bo‘lmagan.
Ushbu janjaldan so‘ng 39-DMTT xo‘jalik mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. 39-DMTT direktori hamda tarbiyachiga nisbatan qonun doirasida jazo choralari qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan chetlatilgan edi.
Live
Barchasi