Samarqanddagi bog‘chada tarbiyachi bolalarga bosim o‘tkazayotgani aniqlandi

3-sahifa

image

Samarqanddagi bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarga psixologik bosim o‘tkazayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 4 may kuni Samarqand shahridagi 38-davlat maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan.

Ushbu bog‘chaning 2-katta guruhi tarbiyachisi M.Ya. mashg‘ulot paytida hojatxonaga borishni so‘ragan bolaga qo‘pol muomalada bo‘lgan.

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari psixolog ishtirokida tarbiyachi bilan suhbat o‘tkazilib, pedagogning odob-axloq qoidalari tushuntirilgan va qat’iy ogohlantirilgan.

Shundan so‘ng tarbiyachi M.Ya.ga tashkilot ichki tartib qoidalariga amal qilmagani hamda ish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Mehnat kodeksining tegishli bandlariga ko‘ra intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda bog‘cha bolalarining tanasidan kaltak izlari topilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand bog'cha psixologik bosim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing