Samarqandda jinsiy aloqa qilish uchun kelgan qiz yoqib yuborildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida ikki nafar yigit o‘z jinsiy ehtiyojlari uchun chaqirgan ikki nafar qizlardan birini kelishmovchilik sabab pichoqlab, yoqib yubordi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Aniqlanishicha, yigitlar qizlarni tanishlari orqali topgan va tanishishgan. Ular qizlarni  ochiqchasiga jinsiy aloqa qilish uchun taklif qilgan. Ayollar jinsiy yaqinlik qilish istagidagi yigitlar aytgan manzilga kelgan. Shuningdek, ikki ayol u yerdagi tashlandiq joy ularga mos kelmasligini aytib, norozilik bildirgan va yigitlar bilan janjallashib qolgan.

Yigitlardan birining sud majlisida aytishicha, marhuma yigitning onasidan haqorat qilganligi sababli janjal davomida uni pichoqlagan.

Qayd etilishicha, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan yigitlar jinoyat fosh bo‘lishidan va ushbu jinoyati uchun qamalishidan qo‘rqib, marhumaning sherigiga pichoqni ushlatib, u bilan dugonasini pichoqlashiga majburlagan.

Xabarga ko‘ra, maishatparast yigitlar ikki yengiltabiat qizdan birining joni uzilmaganini bilgach, avtomashinadan tushirib, ariq yoqasiga olib borgan va avtomashinadagi ko‘rpacha va yostiqlarni qizning ustiga tashlab, iz qoldirmaslik maqsadida qizni yoqib yuborgan.

Sud hukmiga ko‘ra, qotillikni sodir etgan jinoyatchiga 19 yil, uning sherigiga esa 17 yil qamoq jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

jinsiy zo'ravonlik Pastdarg'om tumani

Baholaganlar

2339

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing