Samarqandda jinsiy aloqa qilish uchun chaqirilgan qizlar mezbonning uyini o‘marib ketdi
3-sahifa
−
03 mart 2021
117801O‘tgan yil 16 oktyabr kuni kechasi Samarqand viloyati Jomboy tumanida ko‘ngilxushlik qilish uchun chaqirilgan ikki nafar qiz mezbon o‘smirning uxlab qolganidan foydalanib, o‘g‘rilik sodir etgan. Bu haqda “Bu kun” dasturida ma’lum qilindi.
Ota-onasi yo‘qligidan foydalangan o‘g‘il 2 nafar qiz bilan romantik oqshom o‘tkazish maqsadida yashash uyiga olib kelgan. Paytdan foydalangan qizlar 15 mln so‘mlik tilla taqinchoqlar, 1300 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Hodisadan bexabar ona tuman IIBga o‘g‘rilik sodir bo‘lgani haqida murojaat qiladi.
“Sayoq yursang, tayoq yeysan degani rost ekan. Men bir romantik oqshom qilmoqchiydim. Burnimdan chiqdi. Tengqurlarimga tinchgina yurishlarini so‘rayman. Oqshomni yaxshi o‘tkazaman deb, el-yurt oldida sharmanda bo‘ldim”, deydi romantik oqshom “tashkilotchisi”.
Qizlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi