Samarqandda yo‘lovchi avtobusi qulab tushdi (video)

Jamiyat

image

Samarqand shahrida ko‘tarma kran vositasida ko‘chirilayotgan yo‘lovchi avtobusi qulab tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun, 1 aprel kuni soat 10:40 lar atrofida shaharning Chuquryo‘l ko‘chasida yaroqsiz ahvolga kelib qolib, ro‘yxatdan chiqarilgan Mercedes-Benz rusumli avtobus bir yuk avtomobilidan boshqasiga ko‘chirilayotgan vaqtda ko‘tarma kran ilgichidan chiqib ketib, ag‘darilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Tracker avtobusga urilib, yonib ketgan edi. Shuningdek, Toshkentda ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashgandi.,

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand avtobus kran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing