Toshkentda Tracker avtobusga urilib, yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Tracker to‘xtab turgan avtobusga urilib, yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

“Joriy yilning 22 yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 00:40 larda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 4-sonli avtokorxona qarshisida haydovchi A.T.boshqaruvidagi Tracker avtomobilida tezlikni oshirib harakatlangan. Oqibatda haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan Isuzu avtobusi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Shundan so‘ng, Tracker avtomobilining old qismida yong‘in chiqqan”, deyiladi xabarda. 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida Tracker avtomobilidagi 3 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Tracker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing