Toshkentda ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentda 2 yo‘lovchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bugun, 14 dekabr kuni soat 11:00 da 2 ta yo‘lovchi avtobus to‘qnashdi. 

Qayd etilishicha, 2000 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz va 1972 yilda tug‘ilgan T.S. boshqaruvidagi MAN A22 avtobuslari bir-biriga kelib urilgan.

Mazkur yo‘l transport hodisalari oqibatida 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing