Samarqandda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 may kuni bir qancha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida avtobus yonib ketgani tasvirlari tushirlgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus bayonot berdi.

Unda aytilishicha, 2019 yil 29 may kuni soat 19.00larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi 28 yoshli D.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusni Oqdaryo tumani Mustaqillik MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” yo‘lining 12-km.da boshqarib ketayotgan vaqtida avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in avtobusning elektr simlari qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Samarqand avtobus

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing