Samarqandda yo‘l qoidasini buzgan piyodani avtobus urib yubordi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tgan 64 yoshli ayolni avtobus urib yubordi. Bu haqda Samarqand IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand shahri Bedil ko‘chasida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida 64 yoshli piyoda olgan jarohati sabab voqea joyida halok bo‘lgan.

“Ertalab ishni boshlashga ketayotgandim. Ayol yugurib o‘tib qoldi, ko‘rdim, tormoz bosdim, avtobusda sekin kelayotgan edim, lekin foydasi bo‘lmadi. Fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida unga qaraganimda yurak urishi to‘xtagandi. Tez yordam chaqirdim, ular ham joni uzilganini aytdi”, deya voqeani izohladi haydovchi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Samarqand avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing