Samarqandda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yuk mashinasi va “Jiguli” to‘qnashishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 4 oktyabr kuni soat 23:20 atrofida tumanning Iskandariy mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R46 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. “GAZ53” haydovchisi qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joydan harakatlanganida to‘g‘ridan kelayotgan “VAZ2103”ni o‘tkazib yubormasdan YTH sodir etgan.

Oqibatda yengil mashina haydovchisi olgan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ichida haydovchisi bo‘lgan “Jiguli” yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing